» » Internetdan uzilib qolgan O‘zbekiston, Toshkentga yordamga oshiqayotgan turkiyaliklar, Surxondaryodagi 18 tovlamachidan iborat guruh va kunning boshqa muhim xabarlari

Internetdan uzilib qolgan O‘zbekiston, Toshkentga yordamga oshiqayotgan turkiyaliklar, Surxondaryodagi 18 tovlamachidan iborat guruh va kunning boshqa muhim xabarlari


7-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. O‘zbekiston bir muddat tashqi internetdan uzilib qoldi. Bunday uzilish 8-noyabrda ham kuzatilishi mumkin. “O‘zbektelekom” uzr so‘ramoqda.

2. Turkish Airlines’ning sobiq vitse-prezidenti “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga maslahatchi etib tayinlandi. Avvalroq turkiyalik sobiq deputat O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga maslahatchi etib tayinlangani xabar qilingan edi.

3. Toshkentda isitish mavsumi 10-noyabrdan boshlanadi. Dastlab ta’lim va tibbiyot muassalari, so‘ng, 12-noyabrdan boshlab turar joy binolari isitiladi.

4. “Aytilgan pulni bermasang, videoni tarqatib, sharmanda qilamiz”. Surxondaryoda maishatparast erkaklarni “begona yotoq”da tutib olish bilan pul ishlagan tovlamachilar qo‘lga olindi.

5. Go‘sht narxi nega ko‘tarilib ketdi? “Narxoz” doktorantining O‘zLiDeP tadbirida aytgan fikrlari. U ikkita sababni sanab o‘tdi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют