» » Tojikistonlik kalkulyator qizlar xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘ldi

Tojikistonlik kalkulyator qizlar xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘ldi


Rossiya televideniyesidagi “G‘aroyib odamlar” shousida aqlda tezkorlik bilan hisoblay olish qobiliyati bilan tanilgan tojikistonlik Yosuman Ismonzoda va Manija Toshboltayeva ismli qizlar mental arifmetika bo‘yicha xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘ldi, deb yozadi “Dialog.tj”.

Yosuman va Manija 3-noyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan GeniusKid 2017 olimpiadasida birinchi o‘rin sohibalariga aylandi. Tadbirda 11 mamlakatdan 250 nafar bola qatnashdi.

Sovrinlar va sovg‘alardan tashqari, Yosuman “Mental arifmetika” tanlovining dekabrda Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tadigan keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi.

Qizlar oktabrda “Rossiya-1” kanalidagi “G‘aroyib odamlar” teleshousida qatnashgan edi. O‘shanda Manija harakatlanayotgan avtomobilning tezligini chamalab aytgan, Yosuman esa 2 daqiqa ichida 100 ta sondan iborat misolni yechgan edi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют