» » Toshkentda Kinochilar uyi va metropoliten boshqarmasi binosi buziladi

Toshkentda Kinochilar uyi va metropoliten boshqarmasi binosi buziladi


Toshkentda yaqin vaqt ichida Islom Karimov (sobiq O‘zbekiston) shoh ko‘chasi yoqasida joylashgan va Tashkent City ishbilarmonlik markazi bunyod etiladigan hududga tushib qolgan binolarni ommaviy ravishda buzish ishlari boshlanadi. Bu haqda, o‘z manbalariga asoslanib, “Nuz.uz” xabar bermoqda.

Ko‘chaning o‘ng tarafida — “O‘zbekiston” metro bekatidan “Bunyodkor” metro bekatigacha bo‘lgan oraliqda joylashgan “O‘zbekkino” milliy agentligi binosi, Kinochilar uyi, sobiq “Fond Forum” binosi, Xorijga chiqish-kelish (“OVIR”)ning respublika boshqarmasi binosi, shuningdek, Toshkent metropoliteni bosh qarorgohi buziladi.

“Nuz.uz”ning “O‘zbekkino”dagi manbasi so‘zlariga ko‘ra, ularga “narsalarni yig‘ishtirish” haqida ko‘rsatma berilgan. “Bir necha kun ichida biz binoni bo‘shatib qo‘yishimiz kerak. Buzish ishlari boshlanadi”, — dedi manba.

“O‘zbekkino”ning qayerga ko‘chishi noma’lum, biroq, nashr suhbatdoshining qayd etishicha, agentlik vaqtincha Chilonzor ko‘chasida joylashgan “O‘zkinoxronika” binosida faoliyat olib borishi mumkin.

Respublika Kinochilar uyi 1982-yilgi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent kinofestivali doirasida O‘zbekistonning o‘sha vaqtdagi rahbari — Sharof Rashidov tomonidan ochilgan. Binoda uchta kinozal bo‘lib, ularning biri 900 o‘ringa, qolgan ikkisi mos ravishda 230 va 50 o‘ringa mo‘ljallangan.

Qayd etish joiz, Tashkent City’ning avvalroq e’lon qilingan loyihaviy suratlarida “Bunyodkor” metro bekatining dumaloq shakldagi chiqish joyini ko‘rish mumkin edi, biroq unda Kinochilar uyi binosi chizilmagan edi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют