» » O‘zbekistondagi barcha davlat organlari va tashkilotlari 2022-yildan issiq suv ta’minotidan uzib qo‘yiladi

O‘zbekistondagi barcha davlat organlari va tashkilotlari 2022-yildan issiq suv ta’minotidan uzib qo‘yiladi


O‘zbekistonda 2022-yil 1-yanvardan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlarini issiq suv ta’minotidan uzib qo‘yish nazarda tutilmoqda. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 8-noyabrdagi qarorida belgilab qo‘yilgan.

“Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida ular issiq suv ta’minoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitgich qurilmalaridan, shuningdek, ichki yoritish uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan energiya tejamkor lampalardan foydalanishi shart bo‘ladi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Shuningdek, yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda, issiq suv ta’minoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitgich qurilmalari, shuningdek, energiya tejamkor lampalar majburiy tartibda o‘rnatiladi.

Shuni inobatga olgan holda, davlat organlari va tashkilotlari bino va inshootlarida quyosh suv isitgich qurilmalari va mahalliylashtiriladigan mahsulotlar asosida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan energiya tejamkor lampalarni o‘rnatish bosqichlarini belgilash to‘g‘risida topshiriq berilmoqda.

Bundan tashqari, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirish va energiya tejamkor lampalarni turar va noturar joylarda bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha kompleks dastur qabul qilinadi.

“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan issiq suv ta’minoti uchun quyosh suv isitgich qurilmalarining joriy etilishi va foydalanilishi natijasida isitilmaydigan davrda (aprel—oktabr) isitish stansiyalari tomonidan tabiiy gaz iste’moli hajmi deyarli 10 million kub metr yoki 2,5 milliard so‘mga qisqaradi”, — deb yozadi O‘zA.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют