» » Toshkentda YeTTB vakolatxonasi ochildi

Toshkentda YeTTB vakolatxonasi ochildi


8-noyabr kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Toshkent vakolatxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ofis O‘zbekiston banklar uyushmasi binosida joylashdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

YeTTB 2010-yildan buyon birinchi marta O‘zbekiston bilan yangi loyihalarni boshladi. Toshkentga tashrif chog‘ida YeTTB birinchi vitse-prezident Filipp Bennet 120 million dollarlik uchta kredit kelishuvini imzolashda ishtirok etdi.

Shuningdek, Namangan, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida suv va issiqlik ta’minotini yaxshilashga qaratilgan, umumiy qiymati 215 million dollarga teng beshta loyiha bo‘yicha so‘rov xatlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Biz juda shoshyapmiz, eng qisqa muddatlarda O‘zbekistondagi faoliyatimizni kengaytirish va chuqurlashtirishga urinmoqdamzi, — dedi Filipp Bennet. — Gap 15 ta qo‘shimcha loyiha haqida ketmoqda, ularni biz ko‘rib chiqish va imzolashga tayyorlab bo‘ldik. Yaqin 12 oy ichida biz turli sohalarda ko‘p ish qilishimiz kerak — xususiy sektor, kichik va o‘rta biznes, kommersializatsiya masalalari”.

Janob Bennet bank nomidan O‘zbekistondagi islohotlarga xayrixohlik bildirdi, ularning ko‘pchiligi dadil ekanligini qayd qilib o‘tdi.

“Biz shunchaki moliyalashtirish uchun dollar yoki yevro ajratmaymiz, biz tajribamiz bilan bo‘lishishni xohlaymiz — davlat-xususiy sektor hamkorligi, kapital bozorlari rivoji, madaniy merosni himoya qilish masalalari bo‘yicha. Yana bir yo‘nalish — qayta tiklanuvchi energiya, biz bu yo‘nalishda ham albatta strategik miqyosda ishlaymiz”.

Filipp Bennet 2018-yil martida YeTTB ijrochi direktorlari O‘zbekistonga kelishi kutilayotganini aytib o‘tdi.

“YeTTB xodimlari O‘zbekistonga tez-tez kelib turadi, qalblaringiz va ofislaringiz eshiklarini ochiq tutishni so‘rayman”, — dedi u.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют