» » YeTTB O‘zbekistondagi dastlabki ikki loyihani moliyalashtirishga rozi bo‘ldi

YeTTB O‘zbekistondagi dastlabki ikki loyihani moliyalashtirishga rozi bo‘ldi


18-oktabr kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) direktorlar kengashi Londondagi yig‘ilishda O‘zbekistondagi dastlabki ikki loyihani moliyalashtirish qarorini qabul qildi. Bu haqda, Senatdagi manbalariga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga 100 million dollar miqdorida kredit liniyasi ochilishi tasdiqlandi. Mablag‘ning 70 million dollarlik qismi kichik va o‘rta biznes zayomchilarini moliyalashtirishga, 30 million dollari esa savdo moliyalashtirilishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Kreditdan ko‘zlangan maqsad — kichik va o‘rta biznes vakillarining o‘rta istiqbolli imkoniyatlarini yaxshilash.

Bundan tashqari, sharbat va sharbat konsentratlari, meva quyqalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Agromir Juice qo‘shma korxonasi uchun 10 million dollarlik kredit liniyasi ajratilishi ma’qullandi. Bu kredit Samarqand viloyatida zamonaviy omborxona kompleksi qurilishiga yo‘naltiriladi. U yagona boshqaruv tizimini joriy etish hamda kompaniya ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratiladi.

YeTTB vakilining so‘zlariga qaraganda, direktorlar kengashining bu qarori tarixiy va favqulodda voqea bo‘lganini, negaki bank ilgari hech qachon mamlakat dasturi ma’qullanishidan oldin loyihalarni moliyalashtirishga rozilik bermaganini ta’kidlab o‘tdi.

YeTTB ma’qullagan loyihalar noyabr oyining birinchi dekadasida bank vitse-prezidenti Filipp Bennet O‘zbekistonga amalga oshiradigan tashrif chog‘ida imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ushbu kelishuvlar YeTTB tomonidan moliyalashtirishning ochilishidagi dastlabki qadam ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Hozir bank O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari bilan birga YeTTBning mamlakat dasturini ishlab chiqmoqda, u direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlanganidan keyin xalqaro moliyaviy institutning O‘zbekiston bilan aloqasini yanada kengaytiradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-10-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют