» » O‘zbekistondagi EIZ va KSZlarda 14 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi

O‘zbekistondagi EIZ va KSZlarda 14 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekistonda 14 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 loyiha amalga oshirilgan, 4,6 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilgan.

Yig‘ilishda bu ko‘rsatkichlar qoniqarli emasligi, uni yanada oshirish uchun tartib-taomillarni soddalashtirish, investor va tadbirkorlarni jalb etishni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Prezident topshirig‘iga asosan erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘i hisobidan 100 million dollar miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi ochilgan.

Farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm”, “Parkent-farm” singari 7 yangi erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekistondagi kichik sanoat zonalari 96 taga yetdi. Bugungi kungacha ushbu hududlarda umumiy qiymati 535 milliard so‘mga teng 1021 loyiha amalga oshirilgan. Yangi korxonalar ishga tushishi tufayli 9,6 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Loyihalar doirasida nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir bo‘lgan yengil sanoat, kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, elektr texnikasi buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, mebel va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, 248 loyihani amalga oshirish natijasida 11 ming yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-10-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют