» » O‘zbekiston erkin iqtisodiy zonalari 6 ta tijorat banki o‘rtasida taqsimlandi

O‘zbekiston erkin iqtisodiy zonalari 6 ta tijorat banki o‘rtasida taqsimlandi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 27-fevral kungi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonning yettita erkin iqtisodiy zonasi oltita tijorat banki o‘rtasida taqsimlandi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.

O‘zbekiston Milliy banki ikki erkin iqtisodiy zona — “Nayoiy” va “Urgut” (Samarqand viloyati), “O‘zsanoatqurilishbanki” — “Angren” (Toshkent viloyati) va “G‘ijduvon” (Buxoro viloyati), “Ipotekabank” —  “Jizzax” EIZ (Jizzax viloyati), “Xalq banki” — “Qo‘qon” EIZ (Farg‘ona viloyati), “Agrobank” — “Hazorasp” EIZda (Xorazm viloyati) filiallarini tashkil etadi.

“G‘ijdivon” EIZ ikki aksiyadorlik-tijorat banki —  “O‘zsanoatqurilishbanki” va “Mikrokreditbank” filiallari ochiladigan yagona zona bo‘ladi.

Tijorat banklariga o‘z mablag‘lari va xorijiy kreditlar liniyalari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga qurilmalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarni xarid qilish uchun kreditlar taqdim etish tavsiya etildi.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют