» » Plastik kartadan kichikroq va 100 dollardan arzonroq Android-smartfon taqdim etildi (foto va video)

Plastik kartadan kichikroq va 100 dollardan arzonroq Android-smartfon taqdim etildi (foto va video)


Yaponiyaning FutureModel kompaniyasi hajmi kredit kartasidan kichikroq, narxi esa 100 dollardan pastroq bo‘lgan NichePhone-S deb nomlanuvchi Android-smartfonni namoyish qildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Smartfon MediaTek protsessori va 550 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. Uning qalinligi atigi 6,5 mm, og‘irligi esa 38 grammni tashkil qiladi.

NichePhone-S foydalanuvchilari ovozli qaydlarni yozib olishi, shuningdek, “bulut”dan musiqa qo‘yishi mumkin. Mitti smartfon Android 4.2 operatsion tizimida ishlaydi va Bluetooth, 3G, LTE va modem rejimini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon 10-noyabrdan qariyb 88 dollar narxida sotuvga chiqadi.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют