» » Sobchak AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatladi

Sobchak AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatladi


Rossiya prezidenti saylovida o‘z nomzodini qo‘yish niyatini ma’lum qilgan teleboshlovchi Kseniya Sobchak AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Rossiya yuzaga kelgan ushbu dahshatli xalqaro munosabatlar uchun javobgar, deb o‘ylayman. Biz xalqaro huquq qoidalarini buzdik, xalqaro huquqqa ko‘ra, Qrim — Ukrainaniki”, — dedi Sobchak CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh o‘z sanksiyaviy siyosatida Rossiya hukumatini va oddiy fuqarolarni farqlashi kerak.

“Bu to‘g‘ri, men Rossiyaga qarshi bu sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlayman. Ammo masalan, hozirda rossiyalik talabalar Amerika vizasini ololmayotgani — ularga nisbatan adolatsizlik, chunki Rossiya xalqini o‘zlari qo‘llab-quvvatlamaydigan odamning siyosati uchun jazolash nimaga kerak?” — deya qo‘shib qo‘ydi u.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют