» » BBC jurnalistlariga suv ostida akula hujum qildi (video)

BBC jurnalistlariga suv ostida akula hujum qildi (video)


BBC telekanalining “Moviy sayyora 2” loyihasi suratga olish guruhi nobud bo‘lgan kitning tanasi bilan suv ostida nima yuz berishini o‘rganish uchun batiskafda dengiz tubiga sho‘ng‘idi. Mazkur jarayonning eng ta‘sirli holatlari YouTube’ga joylashtirildi.

Suv osti qayig‘i 700 metr chuqurlikka sho‘ng‘ib kit jasadiga yaqinlashdi. Shu paytda nobud bo‘lgan kit tanasini akulalar g‘ajiyotganining guvohi bo‘ldi.

Yirtqichlarga kutilmagan mehmonlar tashrifi yoqmadi. Ular bir muddat obyektni ko‘zdan kechirdi va suv osti qayig‘i oynasini “taqqillata boshladi”.

“Suv osti kemasi juda mustahkam, biroq ular shunchalik kattaki, qo‘rqib ketyapman”, — deydi guruh a’zolaridan biri.

Akulalar suv osti qayig‘iga bir necha marta hujum uyushtirdi. Ularning oyna bilan to‘qnashuvida ichkari tomondan qo‘rqinchli ovozlar eshitilgan.

Oxir-oqibat yirtqichlar chekindi, biroq internet foydalanuvchilari mazkur kadrlar ularda o‘chmas taassurot qoldirganini tan olgan.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют