» » Xitoy suv osti qurilmasi chuqurlikka tushish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi

Xitoy suv osti qurilmasi chuqurlikka tushish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi


Xitoy mamlakatda ishlab chiqarilgan Haiyi suv osti planerini Marian botig‘i hududida 6329 metr chuqurlikka muvaffaqiyatli tushirishga erishdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Shu tariqa bunday turdagi qurilmalarni chuqur suv ostiga tushirish bo‘yicha yangi dunyo rekordi o‘rnatildi. Xitoy planeri AQShning Seaglider qurilmasiga tegishli avvalgi rekordni (6000 metr) yaxshiladi.

Xitoy fanlar akademiyasining Shenyan avtomatlashtirish tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan qurilma sinov joyiga “Tanso-1” ilmiy-tadqiqot kemasida yetkazildi.

4 kun davomida umumiy davomiyligi 87 soat bo‘lgan 12 ta tushirilish amalga oshirildi. Sinov mobaynida qurilma suv ostida 130 kilometr yo‘l bosdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют