» » Malta sarmoyaviy fuqarolik dasturi ketma-ket uchinchi bor dunyodagi eng yaxshi deya topildi

Malta sarmoyaviy fuqarolik dasturi ketma-ket uchinchi bor dunyodagi eng yaxshi deya topildi


Henley & Partners konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan yangi reytingga ko‘ra, Malta sarmoyaviy fuqarolik dasturi ketma-ket uchinchi bor dunyodagi eng yaxshi deb topildi. Bu haqda Daily Afisha xabar berdi.

Malta pasporti sarmoyadorlarga Yevropa Ittifoqidagi istalgan davlatda yashash va ishlash, shuningdek, dunyoning 167 mamlakati bo‘ylab vizasiz sayohat qilish imkonini beradi. Buning uchun Malta iqtisodiyotiga 880 ming dollar kiritish lozim.

Ro‘yxatdan Maltadan keyingi o‘rinlarni Kipr, Avstriya, Antigua va Barbuda, shuningdek, Grenada joy oldi.

Rezidentlar sarmoyaviy dasturi reytingiga esa Portugaliya yetakchilik qilmoqda. Portugaliyada yashash huquqini qo‘lga kiritish uchun chorak million yevro sarmoya kiritish kifoya.

Portugaliyadan keyingi o‘rinni Avstriya, undan keyingi pog‘onani esa Belgiya egalladi. Mamlakatlarning o‘tgan yilgi natijalari bilan tasqqoslanganda ularning o‘rni almashgan, Malta esa to‘rtinchi o‘rindaligicha qolgan. Henley & Partners reytingidan birinchi bor Tailand sarmoyaviy dasturi o‘rin oldi va u birdaniga beshinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

Sarmoyaviy fuqarolik va yashash uchun ruxsatnomalar dasturlarini tahlil qilishda bir nechta mezonlar e’tiborga olinadi: tajriba, turmush sifati, boshqa mamlakatlarga vizasiz sayohat qilish, ilovalarni qayta ishlash vaqti va sifati, talablarga rioya qilish va sarmoya kiritish shartlari. Fuqarolikni baholashda esa bir qator boshqa omillar ham hisobga olinadi: mamlakatda istiqomat qilish majburiyati, boshqa davlatlarga ko‘chib o‘tish ehtimolligi, mamlakatga tashrif buyurish va protsedura oshkoraligi.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют