» » O‘zbekiston Viza cheklovlari indeksida 83-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Viza cheklovlari indeksida 83-o‘rinni egalladi


O‘zbekiston Henley & Partners kompaniyasi tomonidan tuzilgan Viza cheklovlari indeksida (Visa Restrictions Index) 83-o‘rinni egalladi, deb yozadi UzDaily. Ushbu indeks mamlakatlarning o‘z fuqarolariga taqdim etadigan o‘tib yurish erkinligi darajasi bo‘yicha reytingidir.

Kompaniya barcha mamlakat va hududlarning viza rejimi qoidalarini o‘rganib chiqib, har bir mamlakat fuqarolari nechta mamlakatga viza rasmiylashtirmasdan turib tashrif buyura olishini aniqladi.

Indeksga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolari dunyoning 53 ta davlatiga vizasiz safar qilishi mumkin.

Germaniya to‘rt yildan buyon reytingda yetakchilik qilib kelmoqda. 2017-yilda Germaniya fuqarolari vizasiz bora oladigan mamlakatlar soni 1 taga kamayib, 176 tani tashkil qildi.

Ikkinchi o‘rinda o‘tgan yildagi kabi, Shvetsiya (175 ta mamlakat) joylashdi. Uchinchi o‘rinni Finlandiya, Italiya, Ispaniya, AQSh va Daniya bo‘lishib oldi (174 tadan mamlakat).

Reytingning so‘nggi pog‘onalarini Pokiston, Iroq va Afg‘oniston band etdi.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют