» » So‘nggi 16 yil ichida AQSh urushlarga 4 trln dollar sarflagan

So‘nggi 16 yil ichida AQSh urushlarga 4 trln dollar sarflagan


Nyu-Yorkdagi egizak minoralarga uyushtirilgan hujumlardan so‘ng AQSh chet eldagi urushlarga 4,3 trillion dollar sarfladi. Bunday xulosaga Braun universitetidagi Uotson nomli xalqaro tadqiqotlar instituti olimlari keldi.

Ularning ma’ruzasida aytilishicha, hozirgi nizolar saqlanib qolgan taqdirda, AQSh xarajatlari 2018-yil oxiriga kelib, qariyb 5,6 trillion dollarni tashkil qiladi. Shundan bir trillionga yaqini jangovar harakatlar hududlarini qayta tiklash bo‘yicha majburiyatlarga sarflanadi.

So‘nggi 16 yil ichida har bitta amerikalik soliq to‘lovchi AQShdan tashqarida urushlar olib borishga o‘rtacha 23 368 dollardan bergan, deyiladi xulosada.

Shu bilan birga, ma’ruza mualliflari ta’kidlashicha, Pentagonning bu boradagi hisob-kitoblari natijalari ancha past. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh 11-sentabrdan keyingi urushlarga 1,52 trillion dollar sarflagan, ya’ni har bir soliq to‘lovchi o‘rtacha 7 340 dollardan bergan.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют