» » Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi Renat Samudinovning AQShda hibsga olinishiga izoh berdi

Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi Renat Samudinovning AQShda hibsga olinishiga izoh berdi


Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasining yoshlar qanoti sobiq yetakchisi va uning rafiqasi Elnura Moldoqodirovaning AQShda qo‘lga olinishiga izoh berdi, deb xabar beradi KNews.

Qayd etilishicha, Qirg‘izistonning AQShdagi elchixonasiga 19-oktabr kuni Amerika va Kanada chegara xizmatidan 18-oktabr kuni Qirg‘iziston fuqarolari Renat Samudinov va uning rafiqasi Elnura Moldoqodirovaning qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

“Hibsga olingan fuqarolarning shaxsi va maxsus qabulxonda ularni saqlash shartlarini aniqlash uchun elchixona xodimlari chegara va AQSh migratsiyasi xodimlari  bilan bog‘landi. Aniqlanishicha, Samudinov va Moldoqodirovaning yonida AQShga kirish huquqini beruvchi hujjatlar bo‘lmagan. Shu bilan birga, ular AQSh hududiga kirishi bilan o‘zlariga siyosiy boshpana berishni so‘rab murojaat qilgan. Mazkur masala AQSh immigratsion sudida ko‘rib chiqilmoqda. Ularni maxsus qabulxonada saqlash jarayonida fuqarolardan hech qanday shikoyatlar tushmagan”, — deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют