» » Qirg‘izistonlik fuqaro Vashingtondagi Linkoln me’moriy yodgorligiga ismini tirnab yozdi

Qirg‘izistonlik fuqaro Vashingtondagi Linkoln me’moriy yodgorligiga ismini tirnab yozdi


Vashington shahrida AQSh prezidenti Avraam Linkoln me’moriy yodgorligini oyoqosti qilgan Qirg‘iziston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

“18-sentabr, dushanba kuni Vashingtonda AQSh prezidenti Avraam Linkoln me’moriy yodgorligini oyoqosti qilgan qirg‘izistonlik fuqaro hibsga olindi. Kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, u yodgorlikka tanga yordamida o‘z ismini tirnab yozgan”, — deydi matbuot xizmati xodimi.

Qirg‘izistonlik fuqaro hibsning ertasi kuni oktabr oyining boshiga mo‘ljallangan sudda ishtirok etish sharti bilan qo‘yib yuborilgan.

“Me’moriy yodgorlikka yetkazilgan zarar miqdori ikki ming dollarni tashkil etadi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, Qirg‘izistonning AQShdagi elchixonasi fuqaro bilan bog‘langanida u qilmishidan pushaymonda ekanligini aytgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-09-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют