» » Qanday qilib vaznni nazorat qilish va o‘zini yeyishdan cheklamaslik mumkin? 6 ta asosiy qoida

Qanday qilib vaznni nazorat qilish va o‘zini yeyishdan cheklamaslik mumkin? 6 ta asosiy qoida


“Albatta, iste’mol qilinayotgan ovqatlar miqdorida va ma’lum bir oziq-ovqatlarda o‘zingizni baribir cheklashingizga to‘g‘ri keladi. Chunki, qancha faol ravishda shug‘ullansangiz ham, agar siz ovqatni suiiste’mol qilar ekansiz, unda vaznni ushlab turib bo‘lmaydi”, — deb hisoblaydi sport bo‘yicha mutaxassis Anastasiya Yurkova.

Vaznni bir maromda ushlab turishda 6 maslahat:

Bir kunda qancha ko‘proq kaloriya sarflasangiz, o‘zingizga shuncha ko‘proq yeyishga imkoniyat berishingiz mumkin. Ko‘proq piyoda yuring, muntazam mashg‘ulotlar haqida unutmang.

O‘zingizga yoqadigan: sayr qilish, yugurish, badminton o‘ynash, raqs — har qanday harakatlantiruvchi faollikni oshiradigan mashg‘ulotlarni toping.

Bu mavzuda juda ko‘p gapirish mumkin. Eng asosiy tavsiya: fast-fud va sifati past bo‘lgan oziq-ovqatlardan voz kechish. Ularni foydali biron-bir yeguliklarga almashtirishga harakat qiling.

Xamirli ovqatlar va shirinliklarni yaxshi ko‘rasizmi? Bularni ertalab nonushtada iste’mol qiling. Blinlar, pechenye va kekslar, pishloqli tostlar — hammasi nonushta uchun. Kun davomida hamma kaloriyalarni sarflaysiz va ular qomatingizga zarar yetkazmaydi.

Agar muntazam ovqatlanib tursangiz, unda ochiqmaysiz va ko‘p yeb qo‘ymaysiz. Asosiysi — organizmga muntazam ravishda kam-kamdan ozuqa moddalarining kelib tushishi.

Ovqatingiz tarkibida albatta hamma asosiy oziq-ovqatlar: go‘sht, baliq, tvorog, donlilar, sabzavotlar, mevalar bo‘lishi kerak. Faqat tovuq va guruch yeyish shart emas.

Bir oyda bir marta “qorin bayrami” uyushtiring. O‘zingizga taqiqlangan ovqatlarni, shirinliklarni yeyishga ijozat bering. Albatta bunday bayramdan keyin xuddi shunday bayram mashg‘ulotlariga borishga to‘g‘ri keladi. Bunday usul qolgan kunlar to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilishni osonlashtiradi.

Manba: “Woman.ru”

Опубликовано: admin (9-11-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют