» » To‘g‘ri ovqatlanish haqida eng keng tarqalgan yanglish fikrlar

To‘g‘ri ovqatlanish haqida eng keng tarqalgan yanglish fikrlar


Fastfud, yog‘li ovqatlar va tarkibi oqsilga boy bo‘lgan oziq-ovqatlar haqidagi mashhur uydirmalarga chek qo‘yishning vaqti keldi.

Ko‘pchilik o‘z-o‘zlariga, yig‘ilgan kaloriyalarni sportzalda yoqamiz degan tasalli bergan holda yog‘li va zararli ovqatlarni yeydi. Lekin bu oson emas. Nafaqat kaloriyalar miqdori, balki oziq-ovqatlarning sifati ham muhim. Masalan, ovqatlarga muntazam ravishda yarim fabrikatlarni ishlatish autoimmun kasalliklarining paydo bo‘lish xavfini oshiradi.

Agar siz kaloriyani yoqish uchun zo‘r berib shug‘ullansangiz, tanangiz qo‘shimcha stressga duchor bo‘ladi. Ayniqsa bunday holatda organizmga qayta tiklanishi uchun to‘yimli moddalar talab qilinadi. Shuning uchun yeyilgan fastfudni sport zalidagi mashg‘ulotlar bilan kompensatsiya qilishga urinish samarasiz va xavflidir.

To‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor beradiganlar odatda uglevodlar iste’mol qilishni cheklashga harakat qiladi. Oqsil esa, aksincha juda foydali hisoblanadi.

Lekin tarkibida oqsillar juda yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlarni ko‘p yeyish yaramaydi. Uning ortiqchasi organizmda vaznning kamayishiga ham va ko‘payishiga ham olib kelishi mumkin. Muvozanatni saqlashga harakat qiling.

Keng tarqalgan bunday fikrlarga qaramasdan, tarkibida yog‘lar yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish qomatga salbiy ta’sir qilmasligi ham mumkin. O‘simlik yog‘lariga boy bo‘lgan avokado, yong‘oqlar va zaytun yog‘ining kam miqdori organizm uchun foydali va metabolizmni tezlashtirgani uchun hatto ozishga ham yordam berishi mumkin.

Mukammal qomatga erishish uchun ba’zilar tarkibida shakar bo‘lgani sababli mevalar iste’mol qilishdan ham voz kechadi. Lekin Garvard universiteti tadqiqotchilarining aniqlashlaricha, mevalar aksincha vaznning kamayishiga yordam berar ekan. Ularni me’yorida iste’mol qilish sog‘liq uchun foydali, chunki ular ozuqaviy elementlarga boy va organizmda suv balansini saqlashga yordam beradi.

Mashg‘ulotlardan keyin ovqat yeyish uning samarasini kamaytirmaydi. Aksincha, jismoniy og‘irlikdan keyin organizmga tiklanishi uchun to‘yimli moddalar talab qilinadi. Lekin ko‘p yeb yubormang va suv balansiga e’tibor bering.

Manba: Men’s Health

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-08-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют