» » Oziq-ovqatlarni xom ko‘rinishda yeyish qoidalari

Oziq-ovqatlarni xom ko‘rinishda yeyish qoidalari


Oziq-ovqatlarni xom yeyish deganda, butunlay xom emas, balki xomlik darajasi qoidaga asosan bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Ya’ni, mahsulotning qizdirilish harorati 40-45° darajadan oshmasligi kerak.

Issiq ishlov berishni taqiqlashdan tashqari, xom yeyishda faqat organik, tabiiy va ishlov berilmagan mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Xom yeydiganlar go‘sht, sut, tuxum kabi hayvonlardan olinadigan oziq-ovqatlardan voz kechadi.

Olovda pishirish taqiqlangani uchun ovqatlanish turli xil meva va sabzavotlardan iborat bo‘ladi. Bu juda katta foyda keltiradi. Chunki, meva va sabzavotlar qancha ko‘p bo‘lsa, vitaminlar, minerallar, antioksidantlar va boshqa muhim mikroelementlar ham shuncha ko‘proq bo‘ladi.

Lekin, shifokorlar nuqul xom ovqatlar yeyishning o‘ziga yarasha kamchiliklari ham bo‘lishini doim ogohlantiradi: ovqatlanishning bunday qat’iy cheklanishi xom yeydiganlarda turli xil moddalar yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Ayniqsa bu hayvonlardan olinadigan mahsulotlar tarkibida uchraydigan foydali moddalar: oqsillar, kalsiy, B12 vitamini, rux va omega-3 yog‘ kislotalariga tegishli.

Agar siz bunday parhezga o‘tishni xohlasangiz, avval parhezshunos bilan maslahatlashing. U sizga mos keladigan ovqatlanish rejasini tuzishda yordam beradi.

Manba: “Zdorovie.com”

Опубликовано: admin (7-04-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют