» » Foto: Erdo‘g‘on Ilon Maskka muqovasiga o‘z rasmi tushirilgan kitobni sovg‘a qildi

Foto: Erdo‘g‘on Ilon Maskka muqovasiga o‘z rasmi tushirilgan kitobni sovg‘a qildi


8-noyabr kuni SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning mehmoni bo‘ldi. Bir soatcha davom etgan uchrashuv Anqaradagi prezident saroyida yopiq eshiklar ortida o‘tdi.

Meduza’ga ko‘ra, siyosatchi va tijoratchi Turkiyaning Turksat sun’iy yo‘ldoshlarini uchirish istiqbollarini, elektromobillar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishni muhokama qildi. SpaceX, shuningdek, Turkiya hukumati va Airbus o‘rtasidagi kelishuv imzolanishida pudratchi sifatida qatnashdi.

Reddit foydalanuvchilari Mask va Erdo‘g‘on uchrashuvida olingan fotosuratlarga e’tibor qaratdi. Ularning kuzatishicha, Turkiya yetakchisisi Maskka o‘zining The Vision of New Turkey — The World is Bigger Than Five nomli kitobini sovg‘a qilgan. Ushbu kitob muqovasida Erdo‘g‘onning rasmi joylashtirilgan.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 01:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют