» » Britaniyalik muhandis uchar kostyum tezligi bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatdi (video)

Britaniyalik muhandis uchar kostyum tezligi bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatdi (video)


Buyuk britaniyalik muhandis va tadbirkor, Gravity texnologik startapining asoschisi Richard Brauning o‘zi yaratgan uchar kostyumda jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Rekord Angliyaning Reding shahrida joylashgan “Laguna” bog‘idagi ko‘lda o‘rnatildi. Muhandis uchinchi urinishda kostyumda soatiga 51,53 kilometr tezlikka erishgan va kein suvga yiqilgan. Shu tariqa Ginnesning rekordlar kitobidagi yangi rekordni o‘rnatgan.

Brauning birinchi marta reaktiv uchish kostyumini joriy yilning mart oyi oxirida namoyish etgan. U kostyumga yunon afsonalaridagi o‘ziga va o‘g‘li Ikarga qanot yasagan Dedal nomini bergan.

Kiyim oltita kichik dvigateldan tashkil topgan. To‘plam tarkibiga displeyli ko‘zoynak va yengillashtirilgan ekzoskelet kiradi. Braunning fikricha, kostyum soatiga 100 kilometr tezlikka ham erishishi mumkin, biroq hozircha bu xavfsiz emas. Kostyumning og‘irligi 45 kilogrammni tashkil qiladi.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют