» » Shavkat Mirziyoyev 2018—2019-yillarda Samarqand viloyatini kompleks rivojlantirish dasturi doirasidagi loyihalar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev 2018—2019-yillarda Samarqand viloyatini kompleks rivojlantirish dasturi doirasidagi loyihalar bilan tanishdi


Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyev Samarqandga keldi va tashrifini Islom Karimov qabri ziyoratidan boshladi. O‘zA yozishicha, Prezidentga 2018—2019-yillarda Samarqand viloyatini kompleks rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, umumiy qiymati 5,2 trillion so‘mlik 2020 loyiha hayotga tatbiq etiladi, 19 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi.

Mazkur dastur ijrosi samarasida kelgusida aholi daromadlarini 2 barobar, sanoat mahsulotlari hajmini 1,7, xizmat ko‘rsatish hajmini 1,8, pudrat ishlari ko‘lamini 1,9, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini 1,4 marta oshirish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev loyihalarni amalga oshirish muddatlarini qisqartirish, ayni paytda 2018-yilga mo‘ljallangan rejalar tuzish zarurligini ta’kidladi. Bunda xorijlik investorlarni kengroq jalb qilish va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga e’tibor qaratish lozim.

Viloyatda avtomobilsozlik, elektrotexnika, farmatsevtika sohalarida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar ham mahsulotlar turlarini ko‘paytirish va aholi daromadlarini oshirish imkonini beradi.

Samarqand viloyatida yer osti boyliklari ko‘p. Jumladan, keramik plitkalar, sement, tabiiy pardozbop toshlar, metallni ruxlash va polimerzatsiyalashda ishlatiladigan qazilma boyliklar zaxiralari mavjud.

“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mazkur yo‘nalishda kelgusida 100 dan ziyod loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu maqsadlar uchun asosan xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi.

Bugungi kunda viloyatdagi karerlardan to‘liq foydalanib, qurilishbop ashyolar qazib chiqarish ko‘paytirilmoqda. Birgina Nurobod tumanida Turkiya bilan hamkorlikda 25 million dollar evaziga 500 ming kubometr gazoblok ishlab chiqarish loyihasi ishlab chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev belgilangan loyihalar viloyat salohiyatiga mos emasligi va bu borada yanada samarali loyihalarni o‘zlashtirish zarurligini ta’kidladi.

Paxtachi, Kattaqo‘rg‘on, Narpay tumanlarida hali foydalanilmagan qanchadan-qancha boyliklar mavjud, dedi davlatimiz rahbari. Bu hududlarda geologik izlanishlar olib borish, chetdan investorlarni jalb qilgan holda yangi konlarni o‘zlashtirish lozim. Bu sifatli qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish hamda viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish bilan birga, yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют