» » Shavkat Mirziyoyev: Oilaning maishiy texnika bilan ta’minlangani uning turmush darajasi ko‘zgusidir

Shavkat Mirziyoyev: Oilaning maishiy texnika bilan ta’minlangani uning turmush darajasi ko‘zgusidir


Shavkat Mirziyoyev Registon maydonida Samarqand viloyatini yanada taraqqiy ettirish bo‘yicha bir qator istiqbolli loyihalarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Samarqand shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 2017—2018-yillarda sanoat sohasida 125 investitsion loyiha amalga oshiriladi.

Oziq-ovqat va yengil sanoat, charm-poyabzal, farmatsevtika, mebel va qog‘ozni qayta ishlash, elektrotexnika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, neft-kimyo va boshqa sohalarda ko‘zda tutilayotgan loyihalar viloyatni izchil rivojlantirishga, aholining hayot sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan. Mazkur loyihalarning hayotga tatbiq etilishi 6 ming 300 dan ortiq kishining ishli bo‘lishiga xizmat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Ingichka konida ruda qazib chiqarish va boyitish ishlarini rivojlantirish loyihasi bilan tanishdi.

Mazkur loyihalar nafaqat viloyat, balki O‘zbekiston taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Sohaga xorijiy investorlarni faol jalb etish, tadbirkorlarga qulay muhit yaratish, ularga turli soliq va bojxona imtiyozlari berish, kadrlar salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Viloyatda “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasi tomonidan 163 loyiha amalga oshirilmoqda.

Nurobod tumanida “Navoiy metalmash” va Xitoyning Gezhouba Group sement Co.LTD korxonalari hamkorligida sement ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yiliga 2 million tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu korxonada 530 yangi ish o‘rni yaratiladi.

Pastdarg‘om tumanida quriladigan “Samarqand Afrosiyob sement” korxonasi ishga tushgach, 300 kishi ish bilan ta’minlanadi. Korxonani 2018-yilda ishga tushirish mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Prezidenti Samarqand shahrining Farhod qo‘rg‘oni, Ishtixon, Qo‘shrabot tumanlarida granit va marmar qazib olish, ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirish loyihalari bilan tanishdi. Mazkur korxonalarda Italiya, Belgiya, Rossiya va Xitoyning zamonaviy texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududida maishiy texnikalar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni ko‘zdan kechirdi.

“O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik jamiyati va Ideal Elektro Lyuks mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Turkiyaning Odul kompaniyasi bilan hamkorlikda gaz plitalar, elektr duxovka, kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarning umumiy qiymati 7 million dollarni tashkil etadi. Tovarlarning ma’lum qismi eksport qilinadi.

Coven Elektro mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan zamonaviy changyutgichlar ishlab chiqariladi. Korxonada yiliga 30 ming dona mahsulot tayyorlanadi.

O‘zbekiston Prezidenti mazkur loyihalar bilan tanishar ekan, aholining maishiy texnikalar bilan ta’minlangani uning turmush darajasining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri ekanini ta’kidladi. Mahsulotlarni dunyo bozoriga olib chiqish, “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendini yanada kengroq ommalashtirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

Milliy bank tomonidan farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi. Optima Sobirjon, Perfect Pharma Group mas’uliyati cheklangan jamiyatlari va Samarkand England eko medical qo‘shma korxonasida 200 dan ortiq ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan.

Shu yerda viloyatda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, sportni yanada ommalashtirish borasidagi loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют