» » Shavkat Mirziyoyev Chilonzorda amalga oshiriladigan iqtisodiy loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Chilonzorda amalga oshiriladigan iqtisodiy loyihalar taqdimoti bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Roison Home White Goods O‘zbekiston—Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Chilonzor tumanidagi sobiq “Algoritm” zavodi hududida tashkil etilgan Roison Home White Goods qo‘shma korxonasining umumiy yer maydoni qariyb 23 gektar, bino va inshootlar maydoni 9,7 gektar. Hozir bu yerda 50 dan ortiq tadbirkorlik subyekti maishiy texnikalar, to‘qimachilik va kimyo sanoati mahsulotlari, mebel, qog‘oz buyumlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish, metallni qayta ishlash bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu korxonalarda mingdan ziyod ishchi mehnat qilmoqda.

Shu yerda Chilonzor tumanida amalga oshiriladigan iqtisodiy loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhitidan samarali foydalanib, mahsulotlar sifatini oshirish, eksport faoliyatini yanada rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Mutasaddi rahbarlarga tadbirkorlik faoliyatini keng qo‘llab-quvvatlash, investitsiya jalb qilish va kreditlar ajratish, eksportni rag‘batlantirish kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют