» » Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi yengil sanoat loyihalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi yengil sanoat loyihalari bilan tanishdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Jomboy tumanida viloyatda yengil sanoatni rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar taqdimotida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Davlat rahbariga viloyatda “O‘zmilliybank” tomonidan moliyalashtirilayotgan yengil sanoat loyihalari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Mazkur bank tomonidan moliyalashtirilayotgan “8-mart”, “Urgaz textile”, “Urgaz Caret”, “Arfa Exprod”, “Alnazar orzu servis”, “Samarqand Oqdaryo textil tola” kabi mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida yiliga 110,4 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Bu korxonalarda tayyor trikotaj, jinsi mahsulotlari, ko‘ylak va choyshablar ishlab chiqariladi. Korxonalar to‘liq quvvat bilan ishga tushgach besh mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Shundan so‘ng “Asaka bank” tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti bo‘ldi. “Next textile”, “Oqdaryo teks”, “Maroqand sifat” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining istiqboldagi faoliyati muhokama qilindi.

Prezidentga loyihalarning ahamiyati, ishlab chiqariladigan mahsulotlar turi va sifati, ketadigan va keltiradigan mablag‘lar, yaratiladigan ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi.

Davlat rahbari jahon bozorida sifatli ip kalavadan tayyorlangan to‘qimachilik mahsulotlariga talab ortib borayotgani, paxta tolasini qayta ishlashni yanada kengaytirish va aholini mamlakatda ishlab chiqarilgan sifatli kiyim-kechak bilan ta’minlash zarurligini ta’kidladi. Sohani yanada rivojlantirish va korxonalarning istiqboldagi rejalarini aniq belgilash, yangi tashqi bozorlarni topish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Bulung‘ur tumanidagi “Inter lego” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ip-kalava, trikotaj mato va matoni bo‘yash hamda tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etiladi. Mazkur loyihaning qiymati 37 million yevro bo‘lib, korxona ishga tushgach, yiliga 31 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilinadi, 700 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Shavkat Mirziyoyevga Samarqand viloyatida 2017-2018-yillarda yengil sanoat sohasida amalga oshiriladigan manzilli dastur taqdim qilindi.

Janubiy koreyalik investorlar tomonidan tashkil qilinayotgan “Samarkand apparel” korxonasida erkaklar, ayollar va bolalar uchun tayyor tikuv mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi haqida tanishildi.

Davlat rahbari viloyatda terini qayta ishlash, charm va maxsus poyabzallar ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. “Kattaqo‘rg‘on charm” qo‘shma korxonasida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Samarqand viloyatida teri xomashyosini tayyorlash va qayta ishlash, charm-poyabzal sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Xitoylik investorlar mazkur sohani yanada rivojlantirish, viloyatda sifatli va jahon andozalari darajasidagi mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zlarining takliflarini bayon qildi,

Davlat rahbari ushbu loyihalarning samaradorligini ta’minlashga e’tibor qaratdi. Qishloq joylarda aholi, ayniqsa, yoshlarni muqim ish bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, hududlarda yetishtirilayotgan paxta tolasini o‘sha yerning o‘zida qayta ishlash uchun yaratilayotgan qulay imkoniyatlar tadbirkorlarga keng qulayliklar yaratib, yangi ish o‘rinlari ko‘payishi, aholi daromadlari oshishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev viloyatda yengil sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namunalari bilan tanishdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют