» » Turkiya harbiylari Iroq shimolida KIPning 69 a’zosini yo‘q qildi

Turkiya harbiylari Iroq shimolida KIPning 69 a’zosini yo‘q qildi


Turkiya harbiy-havo kuchlari tomonidan Iroq shimolida o‘tkazilgan havo operatsiyasi davomida Kurdiston ishchi partiyasi (KIP)ning 69 a’zosi yo‘q qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, operatsiya Iroq shimolidagi Qandil, Zap va Asos tumanlarida o‘tkazilgan. Avizarbalar oqibatida KIPning 69 a’zosidan tashqari, ikkita qurol-yarog‘ ombori va zenit qurilmasi yo‘q qilingan.

2015-yil iyulida Turkiya hukumati va KIP o‘rtasidagi qurolli nizo qaytadan boshlangan edi. Oqibatda, o‘tgan davr mobaynida Turkiyada 900 dan ziyod harbiy xizmatchi va politsiya xodimlari, 300 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi.

Ayni vaqtda, Turkiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat xavfsizlik kuchlari KIPning 10 mingdan ko‘proq a’zolarini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют