» » AQSh tomoni Turkiya aviazarbalari oqibatida kurd ko‘ngilli jangchilari halok bo‘lganini tasdiqladi

AQSh tomoni Turkiya aviazarbalari oqibatida kurd ko‘ngilli jangchilari halok bo‘lganini tasdiqladi


AQSh tomoni Turkiya harbiy-havo kuchlarining aviazarbalari oqibatida kurd ko‘ngilli bo‘linmalari jangchilari halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Avvalroq kurd ko‘ngillilarning YPG bo‘linmasi vakili Turkiyaning Suriya shimoli bo‘ylab bergan aviazarbalari oqibatida 20 nafar jangchi halok bo‘lgani, 18 nafari tan jarohati olganini ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari, Turkiya aviatsiyasi 25-aprel kuni tongda Iroq shimolidagi Sinjar viloyatiga, Turkiyada terrorchilik tashkiloti deb tan olingan Kurdiston ishchi partiyasi marralariga ham zarbalar berdi.

“Turkiya harbiy-havo kuchlarining ketma-ket aviazarbalari oqibatida o‘ndan ziyod suriyalik va kurd ko‘ngillilari halok bo‘lgan. Bu juda jiddiy”, — deya xabar bermoqda Fox News telekanali Pentagon vakiliga tayanib.

O‘z navbatida, AQSh Mudofaa vazirligi vakili Iroqning barcha qo‘shnilari uning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishi lozimligini ta’kidladi.

“Biz barcha kuchlarni koalitsiyaning Iroq va Suriyadagi IShIDga qarshi resurslarini chalg‘itadigan holatlarga emas, balki mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikka eng katta tahdidga qarshi kurashga qaratishga va IShIDga qarshi kurashishga chaqiramiz”, — deya qo‘shimcha qildi Pentagon vakili.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 124) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют