» » London politsiyasi 350 dan ortiq jonivorni o‘ldirgan shaxs odamlarga hujum qilishidan xavotir bildirdi

London politsiyasi 350 dan ortiq jonivorni o‘ldirgan shaxs odamlarga hujum qilishidan xavotir bildirdi


London politsiyasi shaharda ikki yildan beri harakat qilayotgan, jonivorlarni seriyali tarzda o‘ldirish bilan shug‘ullanuvchi shaxs odamlarga hujum qilishga o‘tishi mumkinligini bildirdi. Noma’lum shaxs egasi bor mushuklar, tulkilar va quyonlarni o‘ldirib, bo‘laklarga bo‘lib, so‘ng ularni egalarining uyiga tashlab ketmoqda, deya xabar beradi TJournal.

Skotland-Yard jinoyatchini boshqa ikki huquq-tartibot bo‘linmasi bilan birga qidirmoqda, biroq tergovchilar ikki yildan beri uning izini ololmayapti. Gumonlanuvchilar safida 30—40 kishi bor, biroq ulardan faqat ikki-uch kishigina alohida o‘rganib chiqilmoqda.

2015-yilda tergovchilar jonivorlarning o‘ldirilishi bilan bog‘liq 8 holatni qayd etdi, 2016-yilda bunday holatlar soni 144 taga, 2017-yilda esa 246 taga yetdi. “Jonivorlar qotili”ning hisobida jami 368 ta o‘ldirilgan jonivor bor.

Shu bilan birga, tergov bularning ortida uyushgan guruh turganini ham istisno etmadi.

Опубликовано: admin (11-11-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют