» » Misr armiyasi Liviya bilan chegarada terrorchilarning 10 mashinasini yo‘q qildi

Misr armiyasi Liviya bilan chegarada terrorchilarning 10 mashinasini yo‘q qildi


Misr harbiy-havo kuchlari Liviya bilan chegarada qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar ortilgan o‘nta yo‘ltanlamasni yo‘q qildi. Bu haqda, Misr armiyasi bayonotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, mashinalar bilan birga ularning ichida bo‘lgan barcha jangarilar ham yo‘q qilingan.

Misr bundan aval ham mamlakat hududidagi teraktlar va o‘z fuqarolarining o‘ldirilishiga javoban Liviyadagi terrorchilarning marralariga aviazarbalar bergan edi.

Misr—Liviya chegarasidagi nazorat oktabr oyi oxiridan boshlab, qo‘shni mamlakatdan kelgan terrorchilar misrlik politsiyachilar guruhiga hujum qilganidan so‘ng ayniqsa kuchaytirildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha hujum oqibatida 16 nafar politsiyachi halok bo‘lgan, 15 nafari tan jarohati olgan. OAV esa to‘qnashuv oqibatida misrlik salkam 60 politsiyachi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Опубликовано: admin (11-11-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют