» » OAV: KXDR rahbariyati Putinga Pxenyan AQShga yadroviy zarba bera olishi haqida xat yozgan

OAV: KXDR rahbariyati Putinga Pxenyan AQShga yadroviy zarba bera olishi haqida xat yozgan


KXDR tomonining Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yo‘llagan maktubida rasmiy Pxenyanning AQShga yadroviy zarba berishga tayyorligi haqida so‘z boradi, deb yozadi “Kommersant”.

Maktub Parlamentlararo ittifoqning oktabr oyida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi doirasida Rossiya Senati rahbari Valentina Matviyenko orqali yetkazilgan.

Xat haqida, vaziyatdan boxabar manbalarga asoslanib, 11-noyabr kuni “RIA Novosti” xabar berdi. “Bu maktub mazmuni AQSh tomoniga yetkazilganidan so‘ng, Vashingtonning KXDR bo‘yicha nuqtai nazari o‘zgardi”, — deydi manba.

O‘z navbatida, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Shimoliy Koreya delegatsiyasining Putinga yetkazilgan maktubi haqida unga hech narsa ma’lum emasligini bildirdi.

Qayd etish joiz, 16-oktabr kuni Matviyenko xonim KXDR yetakchisi Kim Chen Inning unga taqdim etilgan murojaatida AQSh prezidenti Donald Trampning BMTdagi chiqishiga munosabat matni borligini ma’lum qilgan edi.

Опубликовано: admin (11-11-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют