» » Rossiyalik teleboshlovchi Boris Notkin Moskva viloyatidagi uyida o‘lik holda topildi

Rossiyalik teleboshlovchi Boris Notkin Moskva viloyatidagi uyida o‘lik holda topildi


Rossiyalik taniqli teleboshlovchi Boris Notkin Moskva viloyatidagi uyida o‘lik holda topildi. U 75 yoshda edi, deb xabar beradi Meduza.

Avvaliga OAV jurnalistning o‘limi haqida turli manbalarga tayanib ma’lum qildi. Keyinchalik buni u ko‘p yillar ishlagan “TV-Sentr” telekanali tasdiqladi va Notkin oxirgi paytlarda og‘ir kasallikka chalinganini bildirdi.

“Interfaks” agentligiga ko‘ra, teleboshlovchi o‘z joniga qasd qilgan. Unga saraton tashxisi qo‘yilgandi.

Mash Telegram-kanali jurnalistning jasadi yonidan qurol va maktub topilgani haqida xabar berdi.

Boris Notkin o‘tgan asrning 80-yillari oxiridan televideniyeda faoliyat ko‘rsatib kelgan. 1997-yildan 2015-yilgacha “TV-Sentr”da “Boris Notkin taklif etadi” nomli dastur muallifi va boshlovchisi bo‘lgandi.

Опубликовано: admin (12-11-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют