» » Janubiy Koreya KXDR keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarga tayyorlanayotganini ma’lum qildi

Janubiy Koreya KXDR keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarga tayyorlanayotganini ma’lum qildi


KXDR qishki vaqtda jangovar harakatlarni mashq qilish bo‘yicha keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazishga tayyorlanishni boshladi, deb yozadi “TASS” Koreya Respublikasi milliy mudofaa vazirligi vakiliga tayanib.

“Koreya xalq armiyasining yirik qishki harbiy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish belgilari qayd etildi, shu munosabat bilan Janubiy Koreya harbiylari ogohlikni oshirdi va ehtimoliy gij-gijlashlarni diqqat bilan kuzatmoqda”, — dedi u.

Rasmiy vakil ma’lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar dekabrda boshlanishi mumkin.

Ayni paytda Koreya yarim oroli akvatoriyasida 11-noyabr, shanba kundan buyon AQSh va Koreya Respublikasi aviatashuvchi guruhlarining manyovrlari o‘tkazilmoqda. Juda katta ko‘lamli mashg‘ulotlarda ular KXDR yadro obyektlariga zarbalar berishni mashq qilmoqda.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют