» » BMT Bosh kotibi yordamchisi fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga tashrif buyurdi

BMT Bosh kotibi yordamchisi fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga tashrif buyurdi


O‘zbekistonga “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiyaga ishtirok etish uchun tashrif buyurgan BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturi ma’muri yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori Ayshe Jihan Sultanog‘lu E-SUD milliy axborot tizimi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida bo‘ldi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar bermoqda.

Chet ellik mehmon sudda sud hujjatlari va qarorlarini ishlab chiqilgan namunalar asosida avtomatik ravishda tayyorlash, fuqarolik ishlarini sudyalar o‘rtasida avtomatik tarzda taqsimlash va sud hujjatlarining avtomatlashtirilgan yagona bazasi bilan batafsil tanishdi.

Ayshe Jihan Sultanog‘luning tashrifi davomida milliy axborot tizimining foydali jihatlari, xususan, sud hujjatlarini tayyorlashda vaqtni tejash hamda hujjatlarni qog‘ozda aylanishini kamaytirishdagi hissasi alohida e’tirof etildi. Jumladan, ushbu axborot tizimi amalga joriy etilgach, ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi 50 foizga oshdi, shuningdek, hujjatlarning yo‘qolish yoki eskirib qolish holatlari to‘liq bartaraf etildi.

Shuningdek, chet ellik mehmon “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida tayyorlangan amaliy qo‘llanmalar bilan tanishdi. Bu amaliy qo‘llanmalar aholining huquqiy madaniyati va dunyoqarashini yanada shakllantirish, shuningdek, odil sudlovga murojaat qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida tayyorlangan

Ma’lumot uchun, E-SUD axborot tizimi 2013-yilda ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida amalga joriy etilgan.

Bugungi kunda E-SUD tizimi fuqarolik ishlari bo‘yicha barcha tumanlararo, shahar va tuman sudlarida joriy etilgan.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют