» » Yevroittifoq Venesuelaga nisbatan qurol embargosini joriy etdi

Yevroittifoq Venesuelaga nisbatan qurol embargosini joriy etdi


Yevropa Ittifoqi Venesuelaga nisbatan cheklov choralari doirasida ushbu mamlakatga qurol-yarog‘ yetkazib berishni taqiqladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Bundan tashqari, Venesuelaning ayrim fuqarolariga tegishli aktivlarga band solishni osonlashtirishni nazarda tutgan hujjam qabul qilindi. Sanksiyalar Yevroittifoq mamlakatdagi vaziyatdan tashvishda ekanligi munosabati bilan qabul qilindi.

Yevroittifoq bayonotida ta’kidlanishicha, ko‘rilgan choralar bosqichma-bosqich ishlatilib, ushbu mamlakatda qonun ustuvorligiga amal qilmayotgan hamda inson huquqlarini buzayotganlarga qarshi qaratilishi mumkin.

“Bu choralar mamlakatdagi vaziyatga qarab bekor qilinishi mumkin. Masalan, ishonchli va ahamiyatli muzokaralar o‘tkazilsa, shuningdek, rasmiylar demokratik institutlarni hurmat qilsa, saylov o‘tkazish grafigini kelishsa va siyosiy mahbuslarni ozod qilsa”, — deyiladi hujjatda.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют