» » Ozbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik GESlardan birini loyihalashtirishni boshladi

Ozbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik GESlardan birini loyihalashtirishni boshladi


Ozbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik gidroobyektlardan biri Pskom GESni qurish boyicha loyihalashtirish va tadqiqot ishlarini boshladi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Ozbekgidroenergoga kora, yangi GES Toshkent viloyatining Bostonliq tumanidagi Pskom daryosida joylashadi. Quvvati boyicha u Ozbekistonda Chorvoq GESdan keyin ikkinchi orinda boladi hamda mintaqada shu turdagi eng yirik inshootlardan biriga aylanadi.

Uning quvvati 400 MVt, yillik ortacha elektr quvvati ishlab chiqarish salohiyati esa 900 million kilovatt/soatga teng boladi.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, loyihaning umumiy qiymati 800 million dollardan oshadi. Mablagning katta qismini Ozbekistonning ozi qoplaydi.

Bundan tashqari, Xitoy Eksimbanki tomonidan 240 million dollar kredit jalb etish rejalashtirilmoqda.

Bugungi kunda obyekt barpo etiladigan joyda qurilish shtabi tashkil etildi, u yerda 400 ga yaqin mutaxassis ishlamoqda, loyihalashtirish ishlari hamda geologik izlanishlar olib borilmoqda. Pskom daryosining chap qirgogida umumqurilish ishlari boshlandi.

Yangi stansiya nafaqat Toshkent viloyatini elektr bilan taminlab, tizimga tushadigan yukni qisqartirish imkoniyatini beradi, balki respublika suv xojaligi uchun ham ahamiyat kasb etadi. Xususan, u agrar sektorni suv bilan taminlaydi.

: admin (13-11-2017, 20:45)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -