» » O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida iqtisodiyot va sanoat sohasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida iqtisodiyot va sanoat sohasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Madrid shahrida Ispaniyaning savdo bo‘yicha davlat kotibi Mariya Luisa Ponsela bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, 2017-yil yanvar–iyul oylarida ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 71,5 million dollarni tashkil etgan.

Uchrashuv kuni bo‘lib o‘tgan biznes-forumda O‘zbekiston va Ispaniya ishbilarmon davralari vakillari qatnashdi. Unda qo‘shma loyihalarni realizatsiya qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston va Ispaniya hukumatlari o‘rtasida iqtisodiyot va sanoat sohasidagi hamkorlik memorandumi, shuningdek, ikki davlat Savdo-sanoat palatalari hamkorligi bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 141) ( 0) ( 140) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют