» » Yangi konseptual transport tizimi taqdim etildi (foto)

Yangi konseptual transport tizimi taqdim etildi (foto)


Germaniyaning xoio firmasi va Shahar mobilligi instituti Mobuno nomli transport tizimi konsepsiyasini taqdim etdi. Loyiha bitta konseptual avtomobilga jamlangan zamonaviy transport vositalari imkoniyatlarini namoyish etadi. Biroq konsepsiya faqat bitta avtomobilni emas, balki Mobuno avtomobili asosida yaratilgan butun transport tizimini ko‘zda tutadi. Bu haqda Naked Science xabar berdi.

Mobuno konsepsiyasi avtonom transportning almashish tizimi hisoblanadi. Har bir Mobuno avtomobili bir lahzada band qilinishi va taqdim etilishi mumkin. Bunda foydalanuvchilar buyurtma holatini, mashinaning joylashgan joyini va ularning smartfondagi maxsus dastur orqali boshqarish imkoniyati mavjudligini ko‘rishi mumkin.

Har bir Mobuno avtomobili to‘rt kishini tashiy oladi. Buyurtma qilish vaqtida foydalanuvchi yo‘lovchilarning aniq sonini ko‘rsatishi kerak, shunga qarab belgilangan miqdordagi avtomobillar beriladi. Bunday harakatlanish vaqtida Mobuno mashinalari qat’iy ravishda ketma-ket harakatlanadi va “poyezd” hosil qiladi. Tizim qo‘shma safarlarni ham tashkil qilishga imkon beradi. Bunda Mobuno avtomobillari bir yo‘nalish bo‘yicha sayohat qiluvchi yo‘lovchilarni turli joylardan yig‘ib chiqadi.

Mobuno avtomobillarida foydalaniladigan haydovchisiz tizim ko‘chalarda va yo‘llarda joydan maksimal darajada samarali foydalanishga imkon beradi. To‘xtash joyiga joylashishda avtomobillar bir-biriga bog‘lanib, cheklangan joyni to‘liq joylashadi.

Konsepsiya ustida olib borilgan ishlar doirasida yaratuvchilar Mobuno tizimi tomonidan ta’minlanishi mumkin bo‘lgan mobillik darajasini tahlil qildi. Ularning ma’lum qilishicha, avtomobillar hozirgi miqdorining besh foizi Mobuno mashinalari bilan almashtirilsa, bu xuddi shunday mobillik darajasini ta’minlaydi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют