» » Italiya futboli yetakchilaridan Buffon, Kyellini, Bardzali, De Rossi va Bonuchchi terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

Italiya futboli yetakchilaridan Buffon, Kyellini, Bardzali, De Rossi va Bonuchchi terma jamoadagi faoliyatini yakunladi


60 yildan buyon ilk bor Jahon Chempionatidan chetda qolgan Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jampyero Ventura iste’foga chiqarildi.

Ventura jamoani Yevro—2016 yakuniga yetgach, Antonio Kontedan qabul qilib olgandi. Shundan keyin Italiya JCh—2018 saralashida Ispaniya bilan, pley-off bosqichida esa Shvetsiya bilan raqobatlasha olmadi va Rossiya mundialida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Shvetsiyaga qarshi Milan shahrida o‘tgan alamli o‘yindan so‘ng 1997-yildan buyon Italiya terma jamoasi safida o‘ynab kelayotgan darvozabon Janluiji Buffon termadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Bu qarorga jahonning eng yaxshi posbonlaridan biri ko‘zlaridagi yosh bilan keldi.

Men terma jamoani tark etyapman va uni yosh futbolchilarga qoldiryapman. Italiya futbolining kelajagi bor. 10 yil davomida terma libosida Bardzali, Bonuchchi, Kyellini, De Rossi bilan birga o‘ynadik. Bugun ular ham terma jamoadagi so‘nggi o‘yinlarini o‘tkazishdi.

Janluiji Buffon, “Yuventus” darvozaboni

Buffon “moviy gvardiyachilar” uchun 174 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 140 ta gol o‘tkazib yubordi. U Italiya bilan 2006-yil jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. 2000 va 2012-yillarda esa Yevropa Chempionatida finalga qadar yetib bordi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, Buffon qatorida Daniele De Rossi, Jorjo Kyellini, Leonardo Bonuchchi, Andrea Bardzali kabi futbolchilar ham Shvetsiyaga qarshi o‘yinda o‘zlarining Italiya termasi safidagi so‘nggi uchrashuvlarini o‘tkazishdi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют