» » 313 yil avval halok bo‘lgan “jodugar”ning qiyofasi qayta tiklandi (foto va video)

313 yil avval halok bo‘lgan “jodugar”ning qiyofasi qayta tiklandi (foto va video)


Olimlar uch asr ilgari jodugarligi uchun halok bo‘lgan ayolning yuzini qayta tikladi, deb yozadi National Geographic.

Lilas Edi 1704-yilda Shotlandiyadagi Torribern qishlog‘ida hibsga olingan. Uni jodugarlikda, shuningdek, ins-jinslar bilan aloqa o‘rnatishda ayblashgan. Qamoqxonada uni qiynoqlarga solishgan, so‘ng gulxanda yoqib yuborishmoqchi bo‘lishgan.

Ammo ayol muqarrar o‘limini kutmasdan, qamoqxonada o‘z joniga qasd qilgan. Uning jasadini qirg‘oq yaqiniga, suv ko‘tarilgan paytda suv ostida qoladigan joyga ko‘mib, jodugar “qayta tirilmasligi” uchun ulkan tish plita bostirib qo‘yishgan.

XIX asr boshida jasad qazib olinib, bosh suyagi Sent-Endryu universiteti muzeyiga berilgan, u yerda uni turli rakurslardan suratga olishgan, shundan so‘ng bosh suyagi izsiz yo‘qolgan. Oradan ko‘p yillar o‘tgach, Dandi universiteti mutaxassislari marhumaning qiyofasini qayta tiklashga qaror qildi, shuningdek Lilias o‘lgan vaqtida 60 yoshda bo‘lganini aniqladi.

Olimlar ayol shunchaki sharoit va mish-mishlar qurboni bo‘lganiga shubha qilmayapti.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют