» » Ovqatni tayyorlash usuli salomatlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Ovqatni tayyorlash usuli salomatlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?


Asosiy muammo — yog‘ni ishlatish. U taomning umumiy kaloriyaliligini oshiradi. Lekin kaloriya qovurishda hosil bo‘ladigan kanserogenlarchalik xavfli emas.

Yuqori haroratlarning ta’siri har qanday yog‘ uchun halokatli hisoblanadi. Natijada biz ovqat bilan birga iste’mol qiladigan juda ko‘p kanserogenlar, erkin radikallar va toksinlar hosil bo‘ladi.

Qaynatish — bu ovqat tayyorlashning eng qadimgi usuli hisoblanadi. Va, shubhasiz, qovurishdan ko‘ra sog‘lomroq. Lekin uning ham o‘z kamchiliklari bor, bulardan eng asosiysi — oziq-ovqatlardan ko‘p miqdorda vitaminlar va fermentlarning yo‘qotilishi.

Ba’zi moddalar yuqori haroratga chiday olmaydi va parchalanadi, boshqalari suvda eriydi va qisman sho‘rvaga tushadi. Bundan tashqari, go‘sht mahsulotlaridagi ko‘pgina yog‘lar qaynoq suvga tushib o‘z energetik qiymatini yo‘qotadi. Bu oziq-ovqatlarning foydasini kamaytiradi.

Bug‘da tayyorlash — qaynatishning ham qovurishning ham munosib o‘rnini bosuvchi hisoblanadi: bug‘langan oziq-ovqatlarning ta’mi qaynatilganlariga qaraganda ancha mazaliroq bo‘ladi; erkin radikallar esa paydo bo‘lmaydi.

Bug‘da tayyorlangan ovqat tarkibida yog‘lar kam bo‘ladi va to‘liq parhezli ovqat hisoblanadi. Bundan tashqari, bug‘da tayyorlangan sabzavotlar, baliq va go‘sht hamma vitaminlar va minerallarni saqlab qoladi.

Aynan shuning uchun sog‘lom ovqatlanish va yashash tarzi tarafdorlari tayyorlashning shu usulini tanlaydi.

Mikroto‘lqinli pechning zarari to‘g‘risida juda ko‘p eshitamiz. Lekin bu pechning magnetronlari ishlab chiqargan to‘lqinlar uzunligi yetarlicha katta, nurlanish moslamaning izolyatsiyalangan devorlari orqali chiqa olmaydi va odamlarga zarar yetkazmaydi.

Bunday sharoitda ovqatlar juda ajoyib bo‘lib tayyorlanadi va organizmga hech qanday zarar keltirmaydi.

Ko‘pchilik boshqa usullardan ko‘ra bunday pishirish usulini ma’qul ko‘radi. Pergamentdan foydalanib, siz hamma narsa tayyorlashingiz mumkin: tovuq go‘shtidan tortib to kartoshkagacha.

Go‘sht, baliq yoki tovuqlar ichida hosil bo‘ladigan bug‘ ta’sirida o‘z sharbatida pishadi va yog‘ qo‘shishni talab qilmaydi, ya’ni taom yumshoq, mazali va parhezli bo‘lib chiqadi.

Manba: “Passion.ru”

Опубликовано: admin (14-11-2017, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 102) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют