» » Baqlajon: qiziqarli haqiqatlar

Baqlajon: qiziqarli haqiqatlar


Qadimgi zamonlarda baqlajon zaharli va aqldan ozdiruvchi sabzavot hisoblangan. Asta-sekinlik bilan baqlajonlardan hamma ayblovlar olib tashlandi va ular ko‘pchilik odamlarning taomnomasidan o‘rin oldi.

Agar shu paytgacha baqlajonlar sizning sovutgichingizning sevimli mehmonlari hisoblanmasa, buni tezlikda o‘zgartirish kerak!

— Baqlajonlar mikroelementlar — marganets, temir va rux moddalariga juda boy, shuning uchun bu sabzavotni kamqonlikda iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Uning tarkibidagi B guruh vitaminlari asab tizimini mustahkamlaydi, depressiya va uyqusizlik bilan kurashishda yordam beradi.

— Baqlajon — ozuvchilar uchun ajoyib oziq-ovqat hisoblanadi. Sabzavot tarkibidagi ko‘p miqdordagi kletchatka organizmdan toksinlarni va hazm bo‘lmagan ovqatlarni chiqarish xususiyatiga ega.

Tayyorlash usulini hisobga olish muhim: qovurishda baqlajon parhezlik xususiyatini yo‘qotadi, chunki u yog‘ni o‘ziga yaxshi singdirib oladi. Lekin, tayyorlash oldidan to‘g‘ralgan sabzavotlarni sovuq suvda ivitish yo‘li bilan buning oldini olish mumkin.

— Baqlajon urug‘larining tarkibida nikotin kislotasi mavjud bo‘lgani uchun uning  mazasi biroz taxirroqdir. Lekin baqlajon sog‘liqqa zarar keltiradi deb tashvishlanmasangiz ham bo‘ladi: bitta sigareta tarkibidagi nikotin miqdoriga ega bo‘lish uchun 10 kilogrammga yaqin baqlajon yeyish kerak!

— Baqlajonni deyarli hamma oziq-ovqatlar bilan birgalikda tayyorlash mumkin. U go‘shtli, boshqa sabzavotlar qo‘shilgan va hatto achitilgan sut mahsulotlari: pishloq, tvorog va yogurtli taomlarni ham ajoyib tarzda to‘ldiradi.

Bu sabzavotni uzoq vaqt saqlash mumkin. Lekin uni polietilen ichida emas, balki qog‘oz xaltada saqlash kerak — shunda u “nafas olish” imkoniyatiga ega bo‘ladi, uzoq vaqtgacha o‘zining yangiligini va foydali xususiyatlarini saqlab qoladi.

Manba: “Passion.ru”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 06:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют