» » Moskvada mast erkak 9-qavatdan yiqilib tushdi va “ziyofat”ni davom ettirish uchun yana uyiga qaytdi

Moskvada mast erkak 9-qavatdan yiqilib tushdi va “ziyofat”ni davom ettirish uchun yana uyiga qaytdi


Moskva g‘arbidagi Novo-Peredelkino tumanining 37 yoshli fuqarosi 9-qavatdan yiqilib tushib omon qoldi va politsiyani yordamga chaqirdi. Biroq huquq-tartibot xodimlariga yetib kelganida u bo‘lgan voqeani eslay olmadi, deb xabar berdi “360” telekanali.

Noxush hodisa 12-noyabr, yakshanba kuni sodir bo‘lgan. Erkak uyida yolg‘iz ichib o‘tirgan va derazadan yiqlib tushgan. Shundan so‘ng u yana uyiga ko‘tarilib, “ziyofat”ni davom ettirgan va “02”ga qo‘ng‘iroq qilgan. Politsiyachilar aytilgan manzil bo‘yicha kelganida u nima sababdan huquq-tartibot xodimlarini chaqirganini eslay olmagan. Voqea joyiga kelgan shifokorlar uning ko‘krak qafasi va boshqa a’zolariga shikast yetganini aniqlagan hamda uni shifoxonaga olib ketgan.

Hodisaning tafsilotlarini aniqlanmoqda.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют