» » 103 yoshli Peugeot 7 million dollarga sotildi (foto)

103 yoshli Peugeot 7 million dollarga sotildi (foto)


Bonhams kimoshdi uyi savdosida dunyodagi eng qimmat fransuz avtomobillaridan biri — Peugeot L45 Grand Prix Two-Seater’ning 1914-yilgi nusxasi sotildi. Indianapolisdagi avtodrom poygalarida ishtirok etgan mashina 7 million 260 ming dollarga xarid qilindi, deb xabar berdi “Motor”.

Dastlabki narxi bir million dollardan boshlangan Pejo poyga mashinasining kuzovi hamda kuch qurilmalari orginalligicha saqlanib qolingan. Avtomobil 112 ot kuchini taqdim eta oladigan 4,5 litr hajmga ega to‘rt silindrli dvigatel bilan jihozlangan.

Taxminlarga ko‘ra, ushbu mashina shu kunga qadar saqlanib qolgan L45 modelining ikkita nusxasidan biri hisoblanadi. Poyga mashinasiga to‘rt kishigina egalik qilgan, ular: Pejo kompaniyasining o‘zi (mashina 1914-yilda Lionda bo‘lib o‘tgan poygada kompaniya zaxirasida saqlangan), poygachi Ralf Malford (1916-yilda Indianapolisda uning yordamida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan), poygachi Art Klyayn (1919—1920-yillarda poygalarda qatnashgan), shuningdek, amerikalik biznesmen Lindley Botsuell (mashina 1949-yildan buyon uning kolleksiyasida saqlangan).

Botsuell mashinani sotib olganidan so‘ng, Indianapolisga yo‘l olgan va soatiga o‘rtacha 166 kilometr tezlikda harakatlanib, to‘rt doirani bosib o‘tgan. Shundan keyin 2003 va 2011-yilda Pejo Gudvudda tepalikka chiqish poygasida ishtirok etgan.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют