» » O‘zbekiston bo‘yicha 1217 ta energiya tejovchi qozonxonalar quriladi

O‘zbekiston bo‘yicha 1217 ta energiya tejovchi qozonxonalar quriladi


?Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi isitish va issiq suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni nihoyasiga yetkazmoqda. Bu haqda Norma xabar berdi.

Hujjatlarni ishlab chiqish Prezidentning “2018–2022-yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori doirasida amalga oshirilmoqda. Talay qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari birinchi marta ishlab chiqildi.

Mamlakat bo‘yicha 1217 ta energiya tejovchi qozonxonalar, jumladan, gelioqurilmali qozonxonalar qurish rejalashtirilmoqda. Ular issiqlik ta’minotini yaxshilash va 153108 ta xonadonga ega 4929 ta uyni issiq suv bilan ta’minlash imkonini beradi. Yana 140392 ta xonadonning muammolari xonadon ichida alohida suv isitish priborlarini o‘rnatish hisobiga hal qilinadi.

Mavjud markazlashtirilgan isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish normalari va parametrlari belgilandi. Keyingilari respublikadagi ko‘p xonadonli uylarning yarmidan ko‘pi unga to‘g‘ri keladigan Toshkent shahri uchun ayniqsa muhimdir. Poytaxt mahalliy qozonxonalar va xonadon ichida isitish tizimlarini ommaviy ravishda qurish bilan muammolarni hal qilish ko‘zda tutilmagan yagona mintaqa hisoblanadi. Mahalliy qozonxonalar va xonadon ichida isitish priborlari markaziy qozonxonalardan olisda joylashgan uylarga yordam beradi.

Shu bilan birga, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi va “Toshissiqquvvati” mutaxassislarining ta’kidlashicha, ko‘p narsalar oldingi markazlashtirilgan isitish tizimi qolgan uy-joy mulkdorlarining o‘ziga bog‘liq. Yashovchilar xonadon ichida isitish tizimlarining o‘zboshimchalik bilan qayta rejalashtirilishga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Dasturni ro‘yobga chiqarish chog‘ida alohida e’tibor mavjud normalar va qoidalarni buzganlarga qaratiladi — ular o‘zboshimchalik bilan qayta rejalashtirish oqibatlarini bartaraf etishga majbur bo‘ladi. Bu muammolarni hal etishda bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosiga alohida o‘rin beriladi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют