» » O‘zbekiston BMTda Qrimdagi inson huquqlari bo‘yicha rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi

O‘zbekiston BMTda Qrimdagi inson huquqlari bo‘yicha rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi


BMT Bosh Assambleyasining ijtimoiy, gumanitar va madaniy masalalar bo‘yicha uchinchi qo‘mitasi ko‘pchilik ovoz bilan Ukrainaning Qrimdagi inson huquqlari sohasidagi vaziyat haqidagi rezolyutsiyasi loyihasini qabul qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”. O‘zbekiston unga qarshi ovoz berdi.

Ta’kidlanishicha, rezolyutsiya loyihasini 75 ta davlat qo‘llab-quvvatladi, 25 mamlakat unga qarshi chiqdi, 77 tasi esa betaraf qoldi.

Loyihani yoqlab ko‘pchilik Yevropa mamlakatlari va AQSh ovoz berdi. O‘z navbatida, Rossiya, Xitoy, Belarus, Serbiya, Hindiston, Armaniston, Kuba, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston qarshi chiqdi.

Rezolyutsiya BMTga oktabrda kiritilgan edi. Ushbu hujjat, xususan, “Qrim-tatar xalqi majlisi” tashkilotini taqiqlashni bekor qilish hamda ukrain va qrim-tatar tillarida ta’lim olishni ta’minlash kabi talablarni nazarda tutadi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют