» » Polshadagi Reuters agentligi binosida otishma yuz berdi

Polshadagi Reuters agentligi binosida otishma yuz berdi


14-noyabr kuni kechqurun Polshaning Gdinya shahrida Thomson Reuters agentligi binosida 30 yoshli belaruslik otishma uyushtirdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ta’kidlanishicha, Glock to‘pponchasi va uzun stvolli miltiq bilan qurollangan erkak binoning ikkinchi qavatiga kirib, u yerdagi zallardan birida o‘t ochgan.

Erkak o‘z hamkasbini nishonga olgan, natijada odamlar qochishni boshlagan, ulardan biri esa qurollangan o‘qotarga tashlangan. Shu sababli hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi.

Politsiya voqea joyiga yetib kelib, ushbu firmada ishlaydigan 30 yoshli belaruslikni hibsga oldi.

Erkakning hamkasblari aytishicha, u kamgap odam bo‘lib, ishda hech kim bilan salom-alik qilmagan, do‘stlari bo‘lmagan va tez-tez oilasiga qo‘ng‘iroq qilib turgan. Agentlikda u ma’lumotlar bazasiga firma raportlarini kiritish bilan shug‘ullangan.

Ayni vaqtda Reuters kompaniyasiga yaqin manbalar voqea tasodifiy bo‘lganini aytmoqda: belaruslik mashg‘ulotdan qaytayotib, o‘z to‘pponchasini hamkasbiga ko‘rsatish uchun binoga kirgan. Qurolni ko‘rgan boshqa odamlar sarosimaga tushib qolgan. Erkakning qo‘lidan qurolni olib qo‘yishga urinish chog‘ida tasodifan ikkita o‘q uzilgan.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют