» » Mehribon Aliyeva Parijda Ozarbayjon poytaxtini Expo 2025 ko‘rgazmasini o‘tkazishga nomzod shahar sifatida taqdim etdi 

Mehribon Aliyeva Parijda Ozarbayjon poytaxtini Expo 2025 ko‘rgazmasini o‘tkazishga nomzod shahar sifatida taqdim etdi 


Parijdagi “Royal” pavilyonida Bokuni Expo 2025 butundunyo ko‘rgazmasini o‘tkazishga nomzod shahar sifatida ilgari surilishiga bag‘ishlangan qabul bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.

Tadbirda Ozarbayjonning birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. Shundan so‘ng mamlakat haqida videorolik namoyish etildi.

Ozarbayjon va Fransiyaning taniqli jamoat va siyosat arboblari, diplomatik korpus vakillari, boshqa nufuzli shaxslar ishtirok etgan qabulda ozar va xorij bastakorlari asarlari, xalq qo‘shiqlari yangradi.

Boku butundunyo ko‘rgazmasini 10-maydan 10-noyabrgacha o‘tkazishni taklif etmoqda. Unga “Inson kapitalini rivojlantiramiz, yorqin kelajakni quramiz” shiori mavzu sifatida tanlangan.

Ozarbayjon poytaxti bilan bir qatorda Expo 2025 ko‘rgazmasini o‘tkazishga Yekaterinburg (Rossiya), Osaka (Yaponiya) va Parij (Fransiya) ham da’vogarlik qilmoqda.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют