» » Ozarbayjon prezidentining rafiqasi birinchi vitse-prezident lavozimida ijtimoiy muammolarni hal qiladi

Ozarbayjon prezidentining rafiqasi birinchi vitse-prezident lavozimida ijtimoiy muammolarni hal qiladi


Ozarbayjonning birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva o‘z diqqatini ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratmoqchi, deb yozadi “TASS” uning “Vesti nedeli” ko‘rsatuvida bergan intervyusiga tayanib.

“Mening niyatim — ijtimoiy muammolarni yechishga, aholining kam ta’minlangan qatlamlari muammolarini yechishga diqqatimni qaratish”, — dedi Aliyeva. Uning ta’kidlashicha, uni Ozarbayjonning birinchi vitse-prezidenti lavozimiga tayinlash qarori turmush o‘rtog‘i — Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning “shaxsiy tashabbusi” bo‘lgan. “Albatta, ko‘p yillar davomida prezidentning nafaqat rafiqasi, balki fikrdoshi bo‘lib kelganim ham rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin”, — deya qayd etdi Aliyeva.

U, shuningdek, rozi bo‘lishdan oldin bu masalani prezident bilan muhokama qilganini ta’kidladi. “Biz muhokama qildik, o‘ylab ko‘rdik, mening asosiy shubha-gumonlarim menga yuklatilgan mas’uliyatni qanchalik darajada eplay olishimda edi. Men aniq bilaman va ishonamanki, davlat manfaatlari va menga turmush o‘rtog‘im beradigan maslahatlar butunlay mos tushadi. Shuning uchun, menga yordam beradigan, meni qo‘llab-quvvatlaydigan va menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan odamim bor, deya olaman”, — dedi birinchi vitse-prezident.

Опубликовано: admin (27-02-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют