» » 10 ming so‘mlik kupyura, yangi sog‘liqni saqlash vaziri, xotinini vitse-prezident etib tayinlagan Ilhom Aliyev va kunning boshqa muhim xabarlari

10 ming so‘mlik kupyura, yangi sog‘liqni saqlash vaziri, xotinini vitse-prezident etib tayinlagan Ilhom Aliyev va kunning boshqa muhim xabarlari


21-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. O‘zbekistonda 10 ming so‘mlik kupyura muomalaga chiqariladi. O‘zbekiston Senati bu tashabbusni 20-fevral kuni ma’qullagani aytilmoqda.

2. Alisher Shodmonov O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Vazirlikni 2016-yil dekabridan beri bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov boshqarib kelayotgandi.

3. “Dushanbe—Toshkent” aviareysi amalga oshmagani uchun Somon Air’ning tijorat ishlari bo‘yicha direktori lavozimidan chetlatildi. Tojikiston nashrlarining qayd etishicha, O‘zbekiston poytaxti sari birinchi samolyot “yaqin kunlar ichida” parvoz qiladi.

4. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘z xotini Mehribonni mamlakat birinchi vitse-prezidenti etib tayinladi. Bugungi kunga qadar Ozarbayjon birinchi vitse-prezidenti lavozimi vakant bo‘lib turgandi.

5. Samarqandda “Gazel” mikroavtobuslari ishlab chiqarilishi mumkin. E’tiborli tomoni, 2017—2021-yillar oralig‘ida O‘zbekistonda 5 700 ta umumiy foydalanishga qulay mikroavtobus sotib olinishi rejalashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют